20:58 / 12.08.2020
2835
Armanistonda koronavirus sababli kiritilgan favqulodda holat bir oyga uzaytirildi 

Armanistonda koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan favqulodda holat rejimi navbatdagi marta yana 30 kunga uzaytirildi. Bunday qarorni respublika hukumati qabul qilgan.

Photo: Getty Images

Armaniston adliya vaziri Rustam Badasyanning ta'kidlashicha, ba'zi yumshatishlar ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, mamlakatga Armaniston fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar kirishiga taqiq bekor qilinadi. Biroq bunday shaxslar 14 kunga yakkalanishi kerak bo‘ladi. Agar ular bu davr ichida koronavirusga test topshirishsa va uning natijasi manfiy chiqsa, ular uchun yakkalash rejimi o‘zgartiriladi.

Bundan tashqari, namoyishlar o‘tkazishga taqiq bekor qilinadi. Ularni epidemiyaga qarshi choralar, jumladan himoya niqoblari taqqan va 1,5 metrlik ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda o‘tkazish mumkin bo‘ladi. 

Armanistonda favqulodda holat rejimi 16 martdan kiritilgan va 5 marta bir oyga uzaytirilgan. Erkin harakatlanish va ba'zi faoliyat turlariga taqiq 4 maydan bekor qilingan, 18 maydan esa jamoat transporti, sportzallar, bolalar bog‘chalari va umumiy ovqatlanish obektlari faoliyati tiklangan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Armanistonda koronavirusga chalinganlar soni 40 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 806 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, 33,5 ming kishi sog‘ayib ketgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top