16:46 / 12.08.2020
4245
Chilonzorda Labo'ning reklama ustuniga kelib urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot berildi.

Joriy yilning 11 avgust kuni taxminan soat 11:30da 102 raqamiga Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani haqida xabar kelib tushgan. 

Toshkent shahar IIBB ma'lumotida aytilishicha, 20 yoshli A.N. “Labo” rusumli yuk avtomobilini boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib reklama ustuniga to‘qnashgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH natijasida badan shikastlari yetgan haydovchi shifoxonaga yetkazildi. Yo‘lovchi –Toshkent viloyatidan bo‘lgan 31 yoshli B.S. olgan badan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. 

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
 
“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, qoidalar sog‘lig‘ingiz va hayotingizni asraydi”, - deyiladi ma'lumotda.

Top