21:53 / 12.08.2020
16654

Epidemiologik vaziyat yaxshi davlatlardan kelganlar endi karantinga olinmaydi

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan mamlakatlardan O‘zbekistonga kirgan fuqarolar kelganlaridan so‘ng karantinda bo‘lishlari talab etilmaydi. Karantinda saqlash muddati 7 kunga qisqartiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 12 avgustdagi videoselektorda ma'lum qildi.

«Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantinga olmaslik tartibini joriy qilish kerak.

Virus kamaygan davlatlardan kelganlarni uy karantiniga va virus kamaymagan davlatlardan kelganlarni alohida karantin zonaga olish kerak.

[Endi] 14 kun emas, 7 kun bo‘ladi – hozir mutaxassislar 14 kundan 7 kunga qisqartirsa bo‘ladi, deyapti», – dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 avgustdan boshlab karantin bosqichma-bosqich yumshatilmoqda.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi karantin davrida O‘zbekistonga kirish va xorijga chiqish tartibi haqida ma'lumot bergan edi.

Karantinda bo‘lish muddati iyun oyida 14 kundan 10 kunga qisqartirilib, koronavirusga chalinish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga o‘zlari istasa karantinni, haqini to‘lagan holda, mehmonxonada o‘tkazish huquqi berilgan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top