23:54 / 12.08.2020
18466

Ijodiy imtihon bekor qilingan yo‘nalishlarda qaysi fanlardan test olinishi ma'lum bo‘ldi

OTM bakalavriatiga o‘qishga kirishda test sinovlari bilan birga kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan ta'lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirildi.

Foto: TTeSI

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidan xabar berishlaricha, bu haqda Davlat qabul komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, ijodiy imtihon test bilan almashtirilayotgan yo‘nalishlar soni 12ta bo‘lib, ular arxitektura, jurnalistika, dinshunoslik va islomshunoslik kabilardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijodiy imtihon o‘rniga test topshiradigan abituriyentlar soni 7200ga yaqin ekani ma'lum qilingandi.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top