18:38 / 13.08.2020
6084
Foto: Xorazm viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam pullari tarqatildi

Xorazm viloyatida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lib qolgan oilalarga bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolangan edi. Unda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatiga («temir daftar») kiritilganlarga davlat budjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan edi.

Prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlari mahallalari kesimida muhtoj oilalarning ro‘yxati tuzildi.

Mahalla raisi va sektor rahbarlarining ishchi guruhi uyma-uy yurib, to‘lov vedomostlariga asosan har bir moddiy yordam oluvchiga pasport asosida naqd pullar tarqatildi.

Jumladan, Urganch tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 948ta xonadonda yashovchi 1113 oilaning 5085 nafar a'zolarining har biriga 220 ming so‘mdan, jami 1,118 milliard so‘m moddiy yordam pullari tarqatildi. 

Qo‘shko‘pir tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 1670ta oiladagi 7528 nafar insonning har biriga 220 ming so‘mdan, jami 1,656 milliard so‘m moddiy yordam puli tarqatildi.

Hazorasp tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 1715ta oilada yashovchi 7088 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so‘mdan, jami 1,559 milliard so‘m moddiy yordam puli tarqatildi.

Yangiariq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 435ta oilaning 1798 nafar a'zosiga 220 ming so‘mdan, jami 395,5 million so‘m moddiy yordam puli tarqatildi.

Xonqa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 717ta xonadonda yashovchi aholining har biriga 220 ming so‘mdan, jami 668 million so‘m moddiy yordam puli tarqatildi.

Gurlan tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 696ta oilada yashovchi 2893 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so‘mdan, jami 636,4 million so‘m moddiy yordam puli tarqatildi.

Shovot tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 6933 nafar fuqaroga 220 ming so‘mdan, jami 1,525 milliard so‘m moddiy yordam puli tarqatildi.

Yangibozor tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 1136ta oilada yashovchi 5261 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so‘mdan, jami 1,157 milliard so‘m moddiy yordam puli tarqatildi.

Tuproqqal'a tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 343ta oilada yashovchi 1377 nafar fuqaroning har biriga 220 ming so‘mdan, jami 302,9 million so‘m moddiy yordam puli tarqatildi.

Ma'lumot uchun, ijtimoiy himoyaga muhtoj, biroq qandaydir sababga ko‘ra ehtiyojmand oilalar ro‘yxatiga kiritilmagan yoxud ro‘yxatga kirgan bo‘lsa-da, yordam olmagan fuqarolar birinchi navbatda o‘zlari yashayotgan mahallaning raisiga murojaat qilishlari kerak.

Agar mahalla raisi fuqaroning murojaatini hal qilmasa, u holda sektor rahbariga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Bundan tashqari, hokimliklar qoshida hokimning iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari boshchiligida maxsus shtab tashkil etilgan. Agar mahalla raisi va sektor rahbarlari murojaatni hal qilmasa, hokimliklar qoshidagi shtabga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Qayd qilish joiz, prezident farmoni bilan ajratilgan yordam bir martalik bo‘lib, keyingi oylarda ham muhtoj oilalar uchun xuddi shunday moddiy yordam ajratilishi ko‘zda tutilmagan.

Nurmuhammad Said

Top