00:14 / 13.08.2020
8455
Moderna AQSh hukumati bilan 1,5 milliard dollarga 100 mln dona vaksina yetkazib berishga kelishdi

AQShning Moderna farmkompaniyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqayotgan vaksinasidan 100 mln doza yetkazib berish bo‘yicha AQSh hukumati bilan kelishuv imzoladi. Kelishuv qiymati 1,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Foto: ecomy.it

Avvalroq AQSh hukumati shunday kelishuvlarni boshqa kompaniyalar, jumladan Johnson & Johnson, AstraZeneca, Pfizer, BioNTech, Sanofi va GlaxoSmithKline bilan tuzgandi.

Shu tariqa, Moderna’ning mRNA-1273 vaksinasining emlash kursi uchun zarur bo‘lgan ikki dozasi narxi 30,5 dollarga baholangan

Kompaniya iyul oxirida o‘z vaksinasining eng katta ko‘lamli klinik sinovlarini boshlaganini e'lon qilgan. Moderna 2021 yildan boshlab yiliga kamida 500 mln doza vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.  

Bir qator tahlilchilar AQSh ortidan ushbu vaksinaning yetkazib berilishi bo‘yicha Moderna bilan boshqa davlatlar ham bitim tuzishi mumkinligini aytishgach, kompaniya aksiyalari narxi 5 foizdan ko‘proqqa qimmatlagan.

11 avgustda Rossiyada koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. U rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan dunyodagi birinchi vaksina bo‘ldi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top