17:15 / 13.08.2020
14475
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 33 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 256 kishida koronavirus aniqlanib, jami kasallanish holatlari soni 33 ming 93taga yetgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 13 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 093 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha jami 439 holat qayd etilgan.

  • Toshkent shahrida 292 holat;
  • Toshkent viloyatida 68 holat;
  • Samarqand viloyatida 31 holat;
  • Namangan viloyatida 11 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 11 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 9 holat;
  • Andijon viloyatida 9 holat;
  • Navoiy viloyatida 8 holat.

Tuzalganlar (+611 )
Bugun hozircha respublikaning  hududida jami 611 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 26 ming 270 nafarga (sog‘ayish ko‘rsatkichi 79 foiz) yetdi.

  • Toshkent shahrida 312 nafar;
  • Toshkent viloyatida 204 nafar;
  • Samarqand viloyatida 39 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 17 nafar;
  • Buxoro viloyatida 13 nafar;
  • Andijon viloyatida 11 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 11 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 nafar. 

O‘lim holatlari (+4)
Bugun hozircha 4 o‘lim qayd etildi va jami o‘lim holatlari soni 215taga yetdi.

  • Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) vafot etdi;
  • Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol) vafot etdi;
  • Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli X.A. (ayol) vafot etdi;
  • Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli N.I. (ayol) vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 6 608 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top