23:11 / 13.08.2020
15901

Testda qatnashish uchun to‘lov qila olmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat berildi

2020/21 o‘quv yili qabuli uchun ro‘yxatdan o‘tgan, ammo test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Davlat qabul komissiyasining 2-son yig‘ilish bayoni bilan, test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar 16 avgustga qadar to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, abituriyentlar tomonidan Davlat komissiyasiga qilingan ko‘plab murojaatlar to‘lovni amalga oshirish borasida qo‘shimcha imkoniyat berilishi uchun asos bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha jami 1 484 085 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bunda to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ham hisobga olingan.

Ma'lumot uchun, abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan imtihonda qatnashish uchun BHMning yarim baravari miqdorida (111 500 so‘m) to‘lov qilish talab etiladi. Maktab, kollej yoki litseyni shu yil tamomlagan abituriyentlar bundan mustasno.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top