23:15 / 13.08.2020
30010

Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston shaharlarida sezildi

Tojikiston hududida yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston shaharlarida sezildi.

Ma'lum qilnishicha, 13 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:07da Toshkent shahridan 306 kilometr janubi-sharqda, Tojikiston hududida joylashgan nuqtada zilzila yuz bergan.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila episentrida magnituda 4,9 ballga teng, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yer osti silkinishlari kuchi Guliston shahrida (epimarkazgacha 234 km) 3 ballni, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz va Navoiy shaharlarida 2 ballni tashkil etgan.

Top