14:09 / 13.08.2020
3509

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ: tumanlardagi korxonalarimizga 15ta Damas avtomashinalari topshirildi

Har qanday soha faoliyatida texnikalarni o‘rni katta. Shu sababdan ish unumdorligini oshirish uchun avvalo, xodimlarga yetarlicha sharoit, texnika vositalari zarur. Kuni kecha «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ ham jamiyatning davlat shartnomaviy xizmatlaridan olingan foyda hisobiga 15 ta o‘zimizda ishlab chiqarilgan Damas rusumli avtomashinalarni tumanlardagi avariyali ishlarni bartaraf etish uchun tezkor dispetcherlik xizmati bo‘limlari hamda AESKUENI tatbiq qilish va hisoblagichlar ekspluatatsiyasi guruhlariga  topshirildi.

Endilikda, ushbu mashinalar elektr energiyasidagi uzilishlarni yanada tezkorlik bilan bartaraf etilishi va aholiga yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

Avvalroq esa, ya'ni 2019 yil yakunida 6 ta tuman elektr ta'minoti korxonalari rahbarlariga so‘nggi rusumdagi Nexia 3 avtomashinalari topshirilgan edi. Jamiyat tomonidan qolgan 6 ta tuman rahbarlariga ham tez kunlarda so‘nggi rusumdagi yengil avtomashinalar topshirilishi mo‘ljallanmoqda. 

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Top