11:09 / 14.08.2020
8561
AKFA Medline klinikasi rasman jahon miqyosida tan olingan tibbiyot muassasalari qatoriga qo‘shildi

2020 yilning avgust oyida AKFA Medline tibbiyot markazi tibbiy yordam sifati va xavfsizligining xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha sermashaqqat jarayonni tugatib, dunyodagi eng nufuzli akkreditatsiya tashkiloti hisoblangan Xalqaro Birlashgan Komissiya (Joint Commission International) standartlarining akkreditatsiyasini oldi.

O‘ziga xos bo‘lgan noyob AKFA Medline klinikasi o‘z faoliyatini 2017 yilda O‘rta Osiyodagi yirik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi sifatida boshlagan. Xizmatlarning mukammal sifati sari intilishga asoslanib, atigi 2 yillik faoliyati mobaynida klinika CERT International sertifikatsiyasi organidan ISO 9001:2015 ichki xalqaro sifat sertifikatini olishga musharraf bo‘lgan.

2019 yili, Xalqaro Birlashgan Komissiya (JCI) bosh maslahatchisining tashrifidan so‘ng AKFA Medline klinikasining rahbari Mirzaliyeva Kamola Kukanbayevna tomonidan strategik yaxshilanishlar rejasi tuzib chiqildi, shundan so‘ng barcha kuchlar shifokorlar va boshqa xodimlarni malakali tayyorgarligini takomillashtirishga, ishlar 1597 asosiy xalqaro akkreditatsiya siyosati va muolajalariga muvofiq bo‘lishi uchun texnologik va ma'muriy infratuzilmani takomillashtirishga yo‘naltirildi. Shularning jumlasida quyidagilar ham mavjud:

  • 197 asosiy standartlar;
  • 368 umumiy standartlar;
  • 1032 qo‘shimcha ko‘rsatkichlar.

Ushbu standartlar tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, patsiyentlarga maksimal tarzda xavfsiz va samarali yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq va jahon sog‘liqni saqlash tizimida yirik tibbiyot kompaniyalari uchun “oltin standart” hisoblanadi. JCI standartlari eng murakkablaridan hisoblanadi, chunki nafaqat tibbiy qismni, balki umuman klinikaning butun ishini, jumladan, xaridlar jarayonini, yong‘inga qarshi va texnik xavfsizlikni, katta, o‘rta va kichik tibbiy, hamda boshqaruv xodimlari ishini qamrab oladi.

Patsiyentga-qaratilganlik, uzluksiz rivojlanish hamda ham klinikaga murojaat qilganlarga, ham butun boshli xodimlarga mukammal qulay sharoitlarni yaratish AKFA Medline klinikasiga birinchi urinishdanoq besh kunlik auditdan o‘tishga va benuqson menejmentdan, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning yuqori sifatidan dalolat beruvchi va tibbiyot markazini butun dunyoda tan olingan tibbiyot muassasalari darajasiga chiqaruvchi eng nufuzli sifat yulduzini olishga yordam berdi.

JCI auditorlari o‘z tekshiruvlari doirasida standartlashtirishning bir nechta tizimlari bo‘yicha axborotga va malakaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik darajasini baholadilar: patsiyentga-qaratilganlik standartlari va tibbiyot muassasasini boshqarish standartlari:

  • Patsiyentning xavfsizligi bo‘yicha xalqaro maqsadlar;
  • Davolashning erishimliligi va izchilligi;
  • Patsiyent va oila huquqlari;
  • Tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • Anesteziya va jarrohlik bo‘limi;
  • Menejment va dori-darmonlardan foydalanish;
  • Sifat va patsiyentning xavfsizligini oshirish;
  • Infeksiyalar profilaktikasi va nazorati;
  • Binolar menejmenti va xavfsizlik;
  • Personalni malakasi va ma'lumoti.

Ko‘proq darajada tashkiliy masalalarga yo‘naltirilgan texnik va boshqa standartlar bo‘yicha muvofiqlikni tekshirish ham davolash natijasini yaxshilashga qaratilgan.

Xalqaro Birlashgan Komissiya (JCI) yuqori ekspertlik bahosini berib, AKFA Medline tibbiyot markazini butun O‘rta Osiyoda akkreditatsiya uchun ariza bergan tibbiyot muassasalari ichida eng yosh jo‘shqin rivojlanayotgani deb tan oldi.

JCI mutaxassislari klinikaning asosiy afzalliklarini ajratib berdilar – taqdim etilayotgan tibbiy xizmatlarning majmuaviyligi, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va patsiyentning hayoti birinchi o‘rinda bo‘lgan tajribali yuqori malakali xodimlar.

Jahon tibbiyot hamjamiyatidagi eng nufuzli akkreditatsiya asosiy e'tiborni patsiyent va tibbiy xodimlarning xavfsizligiga qaratishga, inson omili bilan bog‘liq ehtimolli xavflarni va texnik kamchiliklarni pasaytirish uchun tibbiy xodimlarning ishini to‘liq tizimlashtirishga, davolash-diagnostika va ma'muriy muolajalarni takomillashtirishga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, AKFA Medline klinikasi O‘zbekistonda JCI sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi va yagona klinika hisoblanadi. Bu mahalliy aholi va dunyoning har qanday nuqtasidan kelgan patsiyentlar uchun yetakchi xorijiy klinikalar darajasidagi samarali tibbiy xizmatni olishga to‘liq kafil bo‘lib xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Top