00:27 / 14.08.2020
7832

Buxoro viloyatida 65 mingdan ortiq ehtiyojmand insonlarga moddiy yordam tarqatilmoqda (video)

12 avgustdan O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam berila boshlandi.

Xususan, Buxoro viloyatida pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, «temir daftar»ga kiritilgan 17 316 ta ehtiyojmand oilaga jami 14,4 milliard so‘m tarqatib chiqilmoqda.

Ro‘yxatga kiritilgan 65 517 kishining har biriga 220 ming so‘mdan berilmoqda.

Mablag‘lar mahalla va sektorlar mas'ul xodimlari tomonidan, naqd shaklda tarqatilmoqda.

14,4 milliard so‘mlik moddiy yordam berilishi rejalashtirilgan.

12 avgust holatiga, viloyatning shahar va tumanlaridagi 453 ta mahallada yashovchi 13 230 ta oiladagi 48 748 kishiga 10 724 560 000 so‘mlik mablag‘lar yetkazib berildi.

Ayni paytda mablag‘larni egalariga yetkazib berish tadbirlari davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan respublika bo‘yicha ehtiyojmand aholiga 380 milliard so‘m tarqatilishi belgilangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top