08:18 / 14.08.2020
6186

Koronavirusga qarshi kurashga jalb qilingan xodimlarga to‘lovlar to‘lanishi to‘g‘risida ma'lumot berildi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlariga “Koronavirus”ning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga joriy yilning 11 avgust holatiga ko‘ra jami 1 665 mlrd. so‘m mablag‘ ajratib berildi.

7-11 avgust kunlari oralig‘ida “koronavirus” tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 7 507 nafariga 63,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘landi.

Moliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, shu jumladan: 

- oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlari jami 3 703 nafar xodimga 4,9 mlrd. so‘m, shundan 842 nafar vrachga – 1,6 mlrd.so‘m, 1 888 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 2,4 mlrd.so‘m, 447 nafar kichik tibbiyot xodimga – 0,4 mlrd.so‘m va 526 nafar boshqa xodimlarga – 0,5 mlrd.so‘m;

- 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari bo‘yicha jami 2 974 nafar xodimga 57,1 mlrd. so‘m, shundan, 732 nafar vrachga (har biriga 25 mln.so‘mdan) – 23,6 mlrd.so‘m, 1 145 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 21,6 mlrd.so‘m, 818 nafar kichik tibbiyot xodimga – 10,1 mlrd.so‘m va 279 nafar boshqa xodimlarga – 1,8 mlrd.so‘m;

- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari xodimlarining lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va og‘ir sharoitlari uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshirish hamda mehnatiga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentini 5 foizga oshirish hisobiga 830 nafar xodimga 1,2 mlrd. so‘m to‘lab berildi.

Top