14:06 / 14.08.2020
31759

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi quruq va mo‘'tadil issiq havo oqimi ta'sirida bo‘ladi.

Butun respublika hududida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi kuchsizdan o‘rtachaga yetishi mumkin, shimoliy hududlarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda uning shiddati sekundiga 23-28 metrni tashkil qilishi mumkin. 

«O‘zgidromet»ning yozishicha, bu kunlarda havo harorati mamlakat hududining katta qismida kechasi 18-23 darajani, kunduzi 33-38 darajani tashkil qiladi, janubda 40 darajagacha isiydi.

Bunday ob-havo sharoitlari O‘zbekistonda avgustning o‘rtasi uchun xosdir. Avgust – yilning eng quruq oyi hisoblanadi. Odatda bu davrda respublikada havo kam bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kamdan-kam kuzatiladi va asosan juda oz miqdorda yog‘adi. Bu vaqtda respublika hududining katta qismida o‘rtacha maksimal harorat 35 darajaga yaqindir.

Mavzuga oid
Top