15:00 / 14.08.2020
73383
Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun taklif etiladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda zavod qurilishida ishlash uchun 4200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rniga fuqarolar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif qilinadi:

- armatura ishlariga;

- beton quyish ishlariga;

- elektrgaz payvandlash ishlariga;

- elektr montaj ishlariga;

- montajchi-usta ishlariga;

- duradgorlik ishlariga;

- qurilish havozalarini o‘rnatish ishlariga;

- quvurlarni montaj qilish ishlariga;

- bo‘yoqchilik ishlariga;

- yordamchi ishchilar.

Oylik maosh: 40-60 ming rubl. 

Ish vaqti: haftasiga 5 kun 8 soatdan.

Sinov muddati: 3 oy

Ishga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 2-3 yillik tajribaga ega, O‘zbekistondan chiqish va Rossiyaga kirish uchun taqiq qo‘yilmagan, 24 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar taklif etiladi.

Ishchilarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish, yashash xarajatlari ish beruvchi kompaniya tomonidan qoplab beriladi.

Ishchilar tibbiy va baxsiz hodisalardan sug‘urtalanadi. Agar ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ta'minlanadi.

👉Ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

☎️Murojaat uchun

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi - 71 202 33 55 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  61 222-53-32 / 61 222-53-34
Andijon viloyati  95 202-33-55
Buxoro viloyati  65 226-56-92 / 99 708-49-98
Jizzax viloyati  72 226-91-97 / 72 226-91-87
Qashqadaryo viloyati  75 224-05-25 / 97 770-04-92
Navoiy viloyati  79 224-11-60
Namangan viloyati  69 227-94-64 / 69 227-97-27
Samarqand viloyati  66 233-24-00 / 66 233-53-00
Sirdaryo viloyati  67 225-55-59
Surxondaryo viloyati  76 222-45-22
Toshkent viloyati  71 250-78-15 / 71 281-24-72
Farg‘ona viloyati  73 244-40-01 / 73 244-40-05
Xorazm viloyati  62 224-12-35 / 97 518-12-35
Toshkent shahri  71 202-33-55 (ichki raqam 39) / 97 429-84-20

Reklama huquqi asosida

Top