02:10 / 14.08.2020
18400

YeChL. «Leypsig» «Atletiko»ni yengib, yarimfinalga chiqdi

Foto: Twitter/RBLeipzig_EN

Yevropa Chempionlar Ligasida yana bir yarimfinalchi aniqlandi. Bitta uchrashuvdan iborat chorakfinal o‘yinida «Leypsig» Ispaniyaning «Atletiko» jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi. Avvaliga nemis klubi 50-daqiqada Dani Olmoning goli evaziga oldinga chiqib olgandi. 71-daqiqada Joao Felish penaltidan hisobni tenglashtirdi. 88-daqiqada esa Taylor Adamsning goli «Leypsig»ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa «Leypsig» klub tarixida ilk marta YeChL yarimfinaliga yo‘l oldi. «Atletiko» klubi oldingi bosqichda musobaqaning amaldagi g‘olibi «Liverpul»ni ortda qoldirgandi.

YeChL-2019/20.
Bitta o‘yindan iborat chorakfinal

Leypsig – Atletiko 2:1

Gollar: Olmo (51), Adams (88) – Joau Feliks (71, penalti).
Leypsig: Gulachi, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Anxelino, Kampl, Zabitser (Mukiyele, 90), Nkunku (Aydara, 83), Laymer (Adams, 72), Olmo (Shik, 83), Poulsen.
Atletiko: Oblak, Lodi, Ximenes, Tripper, Savich, Errera (Joau Feliks, 58), Koke (Felipe, 90), Saul, Ferreyra Karrasko, Lorente, Diyego Kosta (Morata, 72).
Ogohlantirishlar: Lodi (62), Klostermann (70), Kampl (82), Aydara (87), Ximenes (90+6).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top