03:56 / 15.08.2020
24394

«Barselona» prezidenti bayonot berdi

Foto: EFE

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu «Bavariya»ga qarshi o‘yindan keyin bayonot berdi.

«Juda yomon kecha bo‘ldi. Biz o‘zimizga o‘xshamadik. Men juda qiynalyapman. Biz o‘z darajamizda o‘ynamadik, bu halokat. Endi qaror qabul qilishimiz kerak. Ba'zi qarorlar boshimizda qabul qilib bo‘lindi, endi ularni e'lon qilishimiz kerak.

Bu juda jiddiy mag‘lubiyat. Bugun ajoyib o‘yin o‘tkazgan «Bavariya»ni tabriklayman. Ular haqli tarzda keyingi bosqichga chiqishdi.

Bugun hech qanday qaror qabul qilmaymiz va uni e'lon qilmaymiz. Avvalo muxlislardan kechirim so‘ramoqchiman», dedi o‘yindan keyin Xosep Bartomeu.

Top