23:10 / 15.08.2020
11276

Lukashenko Putin bilan Belarus xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kelishib olganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Avvalroq Lukashenko Putin bilan Belarusdagi vaziyatni muhokama qilmoqchi ekanligini aytgandi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya birinchi so‘rovdayoq Belarusga xavfsizlikni ta'minlashda yordam berishi bo‘yicha kelishib olganini aytdi

"Harbiy mavzuda gap ketganida, Ittifoq davlati va KXShT doirasida Rossiya bilan shartnomamiz bor. Shuning uchun bugun Rossiya prezidenti bilan vaziyat haqida uzoq va batafsil suhbatlashdik", - dedi Lukashenko.

"Va u bilan birinchi so‘rovimizdayoq Belarus xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatilishiga kelishib oldik", - deb qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Lukashenko Putin bilan Belarusdagi vaziyatni muhokama qilmoqchi ekanligini aytgandi.

9 avgust kuni respublikada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Dastlabki kunlarda namoyishchilar kuchishlatar tuzilmalarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Namoyishchilarga qarshi yengil granatalar, rezina o‘qlar, suv to‘plari ishlatildi va o‘qotar qurollardan foydalanildi. Bir necha kun ichida 7000dan ortiq odam qo‘lga olindi. Izolyatorlar va militsiya bo‘limlarida bo‘lganlarning so‘ziga ko‘ra, kuchishlatar xodimlar qo‘lga olinganlarni kaltaklashgan. Belarus IIV bu ayblovlarni rad etmoqda. 13 avgustdan boshlab respublika aholisi tinchlik aksiyalariga «birdamlik halqasi» shaklida chiqa boshladi.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top