20:57 / 15.08.2020
18323
Rossiya Belarus prezidentligiga da'vogarlik qilgan Tsepkaloni qidiruvga berdi
Foto: Sputnik / Viktor Tolochko

Belarus prezidentligiga sobiq da'vogar, yuqori texnologiyalar parki ma'muriyatining sobiq rahbari Valeriy Tsepkaloga nisbatan davlatlararo qidiruv e'lon qilindi. Bu haqda Rossiya IIVga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

«Jinoyat kodeksi moddasi bo‘yicha qidirilmoqda», - deyiladi qidiruv hujjati matnida.

Avvalroq Belarus IIV kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan Belarus fuqarosi Sadat Igdejining arizasi bo‘yicha Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini ma'lum qilgandi.

2014-2015 yillarda Tsepkalo va biznesmen Sadat Igdeji o‘rtasida sudlashuv bo‘lib o‘tgandi. Mojaroga siyosatchining uyini qurgan biznesmen kompaniyasining qurilish sifati sabab bo‘lgan, sudda tomonlar yarashib olgandi.

Keyinroq Igdeji Tsepkaloning yuqori texnologiyalar parki qurilishidagi qonun buzilishlari va poraxo‘rliklar haqida bilishini aytgan.

Iyun oxirida Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar surishtiruv boshlandi. Markaziy saylov komissiyasi uning nomzodini Belarus prezidentligiga da'vogar sifatida ro‘yxatga olishni rad etdi. 24 iyulda Tsepkalo oilasi bilan Rossiyaga, 2 avgustda esa Kiyevga ko‘chib o‘tgani ma'lum bo‘ldi.

Undan tashqari, Rossiya Nexta Telegram-kanali asoschisi Stepan Putiloni ham qidiruvga berdi. Mazkur resurs Belarusdagi ommaviy noroziliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yoritib bormoqda.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top