19:01 / 15.08.2020
10433
Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialiga qabul jarayonlari boshlandi

2020 yilning 15 avgustidan 2020-2021 o‘quv yili uchun Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialiga qabul jarayonlari boshlandi.

Karantin davrida qabul jarayoni sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda, yuqori saviyada shaffoflik, xolislik va oshkoralik prinsiplari asosida o‘tkaziladi. Filialga abituriyentlarning hujjatlari 2020 yilning 15 avgust – 10 sentabr kunlari (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashishidan kelib chiqib o‘tkaziladi.

Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitida 2020-2021 o‘quv yili uchun ta'lim olishni istagan fuqarolarni abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish qabul.rgusport.uz elektron dasturi orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga 2020-2021 o‘quv yili uchun 150ta kvota ajratilgan.

Yo‘nalishlar kesimida qabul parametrlari quyidagi jadvalda aks etgan:

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00-18:00gacha murojaatlar markazi (Call-markaz) faoliyati tashkil etiladi.

Call-markaz hamda “Konsultatsiya markazi”da faoliyat olib boruvchi xodimlar tarkibi:

Mamadaliyev Mansurjon Mamajonovich: 97 3948242, 97 9206736

Toshmirzayeva Gulfira Erkinovna: 90 3720236

Velikanova Anna Aleksandrovna: 93 7291652

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Top