13:50 / 15.08.2020
14676

Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta'lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi​

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus filialiga 2020-2021 o‘quv yili uchun maxsus sirtqi ta'lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi. Qabul karantin davrida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda, yuqori saviyada shaffoflik, xolislik va oshkoralik prinsiplari asosida o‘tkaziladi.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, maxsus sirtqi ta'lim shakliga abituriyentlardan hujjatlar istisno tariqasida 2020 yilning 15 avgustidan 10 sentyabriga qadar (o‘sha kuni ham) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarida qabul qilinadi.

Maxsus sirtqi ta'lim shakliga uch yildan ortiq trenerlik ish stajiga ega bo‘lgan va hozirgi kunda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan trener va xodimlar tanlov asosida qabul qilinadi. Imtihonlar respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashishidan kelib chiqib o‘tkaziladi.

Maxsus sirtqi ta'lim shakliga abiturentlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

1. Abituriyent tomonidan oliy ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza;

2. Yuqori turuvchi tashkilotning tavsiyanomasi;

3. Pasport nusxasi;

4. O‘rta maxsus ma'lumot to‘g‘risidagi diplomning asli (ilovasi bilan birga);

5. Ish joyidan ma'lumotnoma;

6. Mehnat daftarchasidan nusxa (ish joyidan tasdiqlangan holda);

7. 3,5×4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.

2020-2021 o‘quv yili uchun maxsus sirtqi ta'lim shakliga 550ta kvota ajratilgan bo‘lib, shundan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga 500 nafar hamda uning Nukus filialiga 50 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Yo‘nalishlar kesimida qabul parametrlari quyidagi jadvalda aks etgan:

Qo‘shimcha ma'lumotlarni hududlar kesimida quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: +99890 700-78-78

Toshkent shahar: +99897 344-00-88

Andijon viloyati: +99891 495-33-45

Buxoro viloyati: +99897 300-22-53

Jizzax viloyati: +99890 515-45-35

Navoiy viloyati: +99893 951-99-77

Namangan viloyati: +99891 360-77-23

Samarqand viloyati: +99893 991-29-27

Sirdaryo viloyati: +99897 566-48-82

Surxondaryo viloyati: +99891 587-07-06

Toshkent viloyati: +99890 965-08-25

Farg‘ona viloyati: +99891 655-63-00

Xorazm viloyati: +99897 735-73-17

Qashqadaryo viloyati: +99893 423-28-07

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Top