21:21 / 16.08.2020
3780
Hemilton afsonaviy Shumaxerning rekordini ortda qoldirdi

Britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton “Formula-1” poygalarining navbatdagi bosqichi - Ispaniya gran-prisida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bosqich Barselonaning “Katalunya” avtodromida o‘tkazildi.

Foto: EPA-EFE/Alejandro Garcia

Hemilton ushbu g‘alaba evaziga g‘oliblar shohsupasiga 156-marta ko‘tarildi va bu borada afsonaviy poygachi Mixael Shumaxerni (155 marta) ortda qoldirdi. Poygachi faoliyatidagi 88-g‘alabani qo‘lga kiritib, Shumaxerning rekordiga (91 marta) yaqinlashib qoldi. 

Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen, uchinchi bo‘lib “Mersedes”ning yana bir a'zosi Valtteri Bottas kesib o‘tdi.

Poygalarda 132 ochko bilan Hemilton yetakchilik qilmoqda, uning ketidan Ferstappen (95 ochko) va Bottas (89 ochko) kelmoqda.   

“Formula-1”ning keyingi bosqichi 28-30 avgust kunlari Belgiyada bo‘lib o‘tadi.

Top