23:59 / 16.08.2020
39205

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 628 holat qayd etildi, 4 mingdan ortiqroq kishi davolanmoqda

O‘zbekistonda 16 avgust kuni 628ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 35 ming 329taga yetdi. Bugun shuningdek, 930 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 16 avgust kuni mamlakatimizda 628 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi SSV xabarida.

Bugun respublikaning 10 hududida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 628ta yangi holat qayd etildi. Endilikda jami zararlanish holatlari soni 35 ming 329taga yetgan.

Qatorasiga o‘ninchi kun kunlik o‘sish holati 700tadan kam bo‘lmoqda.

Yangi holatlar (+628)

  • Toshkent shahrida 382 holat;
  • Toshkent viloyatida 169 holat;
  • Samarqand viloyatida 41 holat;
  • Buxoro viloyatida 13 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 6 holat;
  • Namangan viloyatida 5 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 holat;
  • Andijon viloyatida 3 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 3 holat;
  • Xorazm viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+930)
Bugun respublikaning 10 hududida statsionar va uy sharoitida davolanayotgan bemorlardan 930 nafari tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 30 ming 973 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 625 nafar; 
  • Toshkent viloyatida 216 nafar; 
  • Samarqand viloyatida 31 nafar;
  • Buxoro viloyatida 15 nafar; 
  • Qoraqalpog‘istonda 12 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar;
  • Navoiy viloyatida 8 nafar;
  • Andijon viloyatida 5 nafar; 
  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun Toshkent shahrida 4, Toshkent va Buxoro viloyatlarida bittadan, jami 6 o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 232 nafarga yetdi.

  • Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) vafot etdi;
  • Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak) vafot etdi;
  • Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. (erkak) vafot etdi;
  • Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. (erkak) vafot etdi;
  • Shofirkon tumanida yashagan 51 yoshli G‘.J. (erkak) vafot etdi;
  • Chilonzor tumanida yashagan 68 yoshli J.S. (erkak) vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 4124 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Shundan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top