01:57 / 16.08.2020
27570

«Manchester Siti» YeChLni tark etdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Chempionlar Ligasida yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisi aniqlandi. 

1/8 finalda «Yuventus»ni turnirdan chiqarib yuborgan «Lion» chorakfinalda Gvardiolaning «Manchester Siti»sini ham mag‘lub etishga erishdi. Korne va Dembelening (2ta) gollari fransuzlarni keyingi bosqichga olib chiqdi. «Shaharliklar»ning yagona javob to‘pini De Bryuyne kiritdi.

Shu tariqa turnirning birinchi yarimfinalida 18 avgust kuni «PSJ» «Leypsig»ga qarshi, ikkinchi yarimfinalda 19 avgust kuni «Lion»  «Bavariya» bilan to‘qnash keladi. 

YeChL, bir o‘yindan iborat chorakfinal

Manchester Siti – Lion 1:3

15 avgust, «Joze Alvalade»
Gollar: De Bryuyne (69) – Korne (24), Dembele (79, 87).
Manchester Siti: Ederson, Kanselu, Uoker, Laport, Erik Garsiya, Fernandino (Mahrez, 56), Rodri (David Silva, 84), de Bryuyne, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jyezus.
Lion: Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Denayyer, Dyubua (Tete, 74), Kakre, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 70), Auar, Korne, Toko-Ekambi (Reyne, 87), Depay (Dembele, 75).
Ogohlantirishlar: Dyubua (12), Fernandino (29), Rodri (58), Marselo (64).

Mavzuga oid
Top