13:40 / 17.08.2020
5336
7 oyda fuqarolar tomonidan sotilgan chet el valutasi 2,5 mlrd dollarni tashkil etdi

Bu ko‘rsatkich avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 mln. dollarga oshdi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valutasi miqdori 2,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 mln. dollarga oshdi.

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valuta hajmi esa 2 mlrd. dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida - 686 mln. doll.). 

Natijada, ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo (sof taklif) 501 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 489 mln. dollarga (yoki 49 foizga) kamaydi. 

Top