18:10 / 17.08.2020
3993

AQSh Huawei’ga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

AQSh Huawei kompaniyasini Xitoy harbiylari va razvedkasi bilan hamkorlik qilishda ayblagan.

Foto: REUTERS / Dado Ruvic/Illustration

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning Huawei kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kengaytirilganini ma'lum qildi.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh moliya vazirligi Huawei’ning yana 38ta sho‘'ba korxonasini "qora ro‘yxat"ga kiritgan. 

"Bugun hukumatimiz AQSh milliy xavfsizligi, fuqarolarimizning shaxsiy hayoti va 5G tarmoqlarimizni Pekinning zararli ta'siridan himoya qilish uchun navbatdagi choralarni qabul qildi", - deyiladi Mayk Pompeoning bayonotida.

AQSh Huawei kompaniyasini Xitoy harbiylari va razvedkasi bilan hamkorlik qilishda ayblab keladi.

Xitoy kompaniyasi esa bu ayblovlar asossizligi va siyosiy tusga ega ekanligini ta'kidlamoqda.

Top