23:43 / 17.08.2020
4134

«Barselona» Setenning iste'fosini e'lon qildi

Ispaniyaning «Barselona» klubi  jamoa bosh murabbiyi Kike Setenni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilingan.

Foto: «Barselona» rasmiy sayti

«Direktorlar kengashi kelishgan holda Kike Set'yenni iste'foga chiqarishga qaror qildi. Yangi murabbiy yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

Kike Seten 13 yanvardan buyon «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgandi. Uning qo‘l ostida 7 oy o‘ynagan jamoa 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 marta g‘alaba qozondi, 4 ta durang o‘ynadi va 5 marta mag‘lub bo‘ldi», deb yozilgan rasmiy bayonotda.

«Barselona» bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzod sifatida jamoaning sobiq futbolchisi Ronald Kuman qaralmoqda. Shuningdek, Maurisio Pochettino, Massimiliano Allegri va Teri Anri varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga oid
Top