08:06 / 17.08.2020
7676
Chilonzor tumanida yonib ketgan mashina bo‘yicha ma'lumot berildi

Toshkent shahar Chilonzor tumani FVB hamda YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Joriy yilning 15 avgust kuni soat 16:40larda Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor-KHAY chorrahasi yaqinida fuqaro I.K.ga tegishli bo‘lgan “Mazda” rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkent shahar Chilonzor tumani FVB hamda YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Top