20:31 / 17.08.2020
4458
O‘zbekiston yoshlari uchun besh kunlik onlayn oromgoh tashkil etilmoqda

24-28 avgust kunlari O‘zbekiston yoshlari uchun «Raqamli avlod–2020» onlayn oromgohi tashkil etiladi.

5 kun davom etuvchi motivatsion tadbirlarda ishtirokchilar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn darslar hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Loyiha «Digital Generation Uzbekistan» nodavlat-notijorat tashkiloti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi tomonidan AKTni rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etiladi.

Darslar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: veb-dasturlash, mobil-dasturlash, desktop-ilova yaratish, media va raqamli marketing, dizayn, robototexnika va frilans.

Qiziquvchilar 23 avgust soat 21:00ga qadar camp.digitalgeneration.uz manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Top