12:06 / 17.08.2020
23679
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 18 avgust kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga ko‘tarilib, bir dollar 10246,71 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 74,04 so‘mga oshib, 12133,13 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 2 so‘mga qimmatlagan va 1 rubl 140,65 so‘mni tashkil etgan.

Top