14:14 / 17.08.2020
50471

«O‘zgidromet» shu hafta kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismi g‘arbiy oqim ta'sirida bo‘ladi, mamlakatga Kaspiy dengizi ustida shakllangan kam nam va nisbatan salqin havo kiradi. 

Foto : KUN.UZ

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, buning natijasida respublikaning katta qismida bulutlilikning ortishi kutilmoqda. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida shu kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Mamlakatning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Butun respublika bo‘yicha haroratning pasayishi kutilmoqda. Ertaga havo harorati 28-33 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha pasayadi.

19 avgustdan atmosferadagi g‘arbiy oqimlar janubi-g‘arbiy oqimlar bilan almashadi. Respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo oqimi ko‘tariladi. 

19-21 avgustda butun respublika bo‘yicha ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi, harorat biroz ko‘tariladi. Agar 19 avgustda kunduzgi harorat 28-33 daraja atrofida bo‘lsa, 20-21 avgust kunlari kunduzi havo 34-37 darajagacha isiydi.

Mavzuga oid
Top