08:14 / 17.08.2020
2462
Somalida jangarilar mehmonxonaga hujum qildi
Foto: twitter.com/AJENews

16 avgust Somali poytaxti Mogadishoda terrorchilarning Elite Hotel mehmonxonasiga hujum qilishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ko‘proq kishi yaralandi.  

AFP axborot agentligining xabar berishicha, poytaxt elitasi orasida ommalashgan mehmonxona oldida dastlab portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina portlatilgan. So‘ngra qurollangan kishilar mehmonxona binosi ichiga bostirib kirib, u yerdagi odamlarni garovga olgan.    

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, jangarilar mehmonxonaning 5-qavatida garovga olinganlar bilan birga qamalib olgan. Ular va voqea joyiga kelgan maxsus kuchlar orasida otishma yuz bergan. Natijada barcha terrorchilar yo‘q qilingan. 

Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin. Somali hukumati hujumda “Ash-Shabob” terrorchi guruhini ayblamoqda.

Top