23:22 / 17.08.2020
14761
Tramp Belarusdagi vaziyatga izoh berdi
Foto: Aleksandr Miridonov / «Kommersant'»

AQSh prezidenti Donald Tramp Belarusda yuz berayotgan oxirgi hodisalarga ilk bor izoh berdi. Oq uy rahbarining ta'kidlashicha, Belarusda vaziyat “dahshatli” ko‘rinish olgan va Vashington mamlakatda yuz berayotgan hodisalar ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqda.

Bu Trampning Belarusdagi vaziyatga birinchi marta izoh berishidir. Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi o‘tayotgan namoyishlar borasida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo o‘z fikrini bildirgan. 13 avgustda Pompeo Belarus hukumati xatti-harakatlari va norozilik namoyishlari tarqatilayotgani sababli AQSh Minskka qarshi sanksiyalar kiritishi mumkinligini aytgan. AQSh davlat kotibi Belarusda o‘tgan prezident saylovlarini adolatsiz va erkin bo‘lmagan deb atagan.

Bu orada saylovlarga qo‘yilmagan Valeriy Tsepkalo 18 avgustda ba'zi amerikalik senatorlar bilan uchrashmoqchiligini va AQSh kongressida Belarusdagi vaziyat bo‘yicha tinglovlar bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma'lum qilgan.  

Top