17:56 / 17.08.2020
11748

Tramp saylovlarda Baydendan ham muhimroq raqibini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlar arafasida asosiy kurashni demokratlar vakili Jozef Bayden bilan emas, balki OAV bilan olib borayotganini aytdi.

Foto: AP

«Eng jiddiy raqibim – Bayden emas, balki noxolis matbuotdir», - dedi u Fox News nashriga bergan intervyuda.

Trampning ta'kidlashicha, har kuni Baydenni qo‘llab-quvvatlayotgan OAVga qarshi turishiga to‘g‘ri kelmoqda. 

«Ular har kuni menga «bomba» otishmoqda. Buni noxolis jurnalistlar qilyapti. Ammo ularga qarshi turishni uddalayapman», - dedi prezident.

«Bayden hatto yerto‘lasidan chiqmayapti, OAV esa baribir u haqda faol yozyapti. U hatto jurnalistlarning savollariga javob bermayapti», - deb qo‘shimcha qildi Tramp va har kuni o‘ziga qarshi bo‘lgan jurnalistlarning savollariga javob berayotganini qo‘shimcha qildi.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top