22:46 / 17.08.2020
9990

Xitoyda koronavirusga qarshi vaksina uchun patent berildi

Qayd etilishicha, vaksina tez va oson tayyorlanishi sababli uni qisqa vaqt ichida ommaviy ishlab chiqarish imkonini beradi.

Foto: Reuters

Xitoy intellektual mulk boshqarmasi COVID-19ga qarshi vaksina uchun ilk patentni taqdim etdi, deb xabar berdi boshqarma.

Patent vaksinani hamkorlikda ishlab chiqargan Xitoy xalq ozodlik armiyasining harbiy-tibbiy fanlar akademiyasi va CanSino Biologics kompaniyasiga berildi.

Iyun oyida ushbu vaksinadan harbiylar foydalanishi uchun bir yil muddatga maxsus ruxsatnoma berilgandi.

Xabarda aytilishicha, sichqonlar va dengiz cho‘chqalarida o‘tkazilgan sinovlar vaksina qisqa vaqt ichida immun reaksiyasini chaqirishini ko‘rsatgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, vaksina tez va oson tayyorlanishi sababli uni qisqa vaqt ichida ommaviy ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda oltita vaksinaga klinik sinovlar o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top