20:09 / 18.08.2020
4366
Bayrutda portlashdan keyin kiritilgan favqulodda vaziyat yana bir oyga uzaytirildi

Livan poytaxti Bayrutda yuz bergan kuchli portlashdan keyin shaharda 2 haftaga kiritilgan favqulodda vaziyat rejimi yana bir oyga uzaytirildi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi. 

Foto: Wael Hamzeh/EPA/Shutterstock

Ta'kidlanishicha, Livan hukumati portlashning sababi va tafsilotlarining xalqaro darajada tergov qilinishidan voz kechgan.

Al Arabiya telekanalining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, portlash joyi - Bayrut portidan olingan tuproq namunalari port raketa zarbasiga uchramaganini ko‘rsatgan. 

Livan poytaxti portlashdan keyin falokat hududi deb e'lon qilingandi. Portlashga portdagi ta'mirlash ishlari vaqtida u yerdagi omborlardan birida saqlangan 2,7 ming tonnadan ko‘proq ammiak selitrasiga o‘t ketishi olib kelgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash 178 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 6 mingdan ko‘proq kishi jarohatlangan.

Mavzu
Bayrutdagi portlash
4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda vayronkor portlash ro‘y berdi.
Barchasi
Top