20:19 / 18.08.2020
14331
Germaniyalik o‘n minglab turistlar Ispaniyani zudlik bilan tark etmoqda

Ispaniyadan kelgan barcha shaxslar COVID-19ga test topshirishi va natija chiqquniga qadar karantinga ketishi shart bo‘ladi.

Germaniyalik 40 mingdan ortiq turistlar Balear orollari va Ispaniyaning boshqa hududlarini yaqin hafta ichida tark etishadi, deb yozmoqda Tourprom.

Bunga sabab esa Ispaniyaning koronavirus yuqtirish holatlari o‘sganligi uchun ushbu mamlakatning xavfsiz hududlar ro‘yxatidan chiqarilganligidir. Germaniya hukumati turistlarga Ispaniyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda.

Shu bilan birga, Ispaniyadan kelgan barcha shaxslar COVID-19ga test topshirishi va natija chiqquniga qadar karantinga ketishi shart bo‘ladi.

Ushbu qaror tufayli nemis turoperatorlari Ispaniyaga parvoz dasturlarini bekor qildi hamda bu mamlakatdagi turistlar muddatidan oldin ortga qaytishlari mumkinligini bildirmoqda.

Avvalroq Buyuk Britaniya Ispaniyani xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatidan chiqargandi.

Top