18:20 / 18.08.2020
5898
Mali harbiylari qo‘zg‘olon ko‘tarishdi, davlat to‘ntarishi ham sodir bo‘lishi mumkin

Fransiyaning Afrikadagi sobiq koloniyalaridan biri Mali davlatida harbiylar qo‘zg‘olon ko‘tarishdi. Bu davlat to‘ntarishiga olib kelishi mumkin. 

Foto: Reuters

Xabar qilinishicha, avval poytaxt yaqinidagi harbiy bazada o‘q ovozlari eshitilgan, so‘ngra qo‘zg‘olonchilar prezident saroyiga yo‘l olishgan va Bosh shtab ustidan nazorat o‘rnatishgan. Kamida 5 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘zg‘olonni polkovnik Do boshqarmoqda.

Mali OAV xabariga ko‘ra, qo‘zg‘olonchilar bir necha vazirlarni garovga olishgan, jumladan iqtisodiyot va moliya vazirini ham.

Mali davlatida iyun oyidan beri hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Muxolifat hukumat va prezident Ibrohim Bubakar Keytani korrupsiya va mamlakat xavfsizligini ta'minlay olmaslikda ayblamoqda. Namoyishchilarning hukumat vakillari bilan to‘qnashuvida kamida 14 inson halok bo‘lgan.

Top