16:38 / 18.08.2020
5340

Mirobodda Spark’ning beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot berildi.

Joriy yilning 17 avgust kuni taxminan soat 02:50da Mirobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida 36 yoshli A.M. mast holatda Spark rusumli avtomobilini boshqarib, boshqaruvni bajara olmasdan beton to‘siqqa urilgan. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida avtomobil haydovchisi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Avtomobil yo‘lovchisi – 32 yoshli F.S. olgan badan shikastlari natijasida voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli haydovchilar! Spirtli ichimlikdan yoki boshqa narsadan mast bo‘lgan holatingizda avtomobil boshqarishga qaror qilishingiz bilan siz nafaqat yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgan bo‘lasiz, balki avtomobilingizda bo‘lgan har bir kishining hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yasiz. Oz miqdordagi alkogol ham e'tiborni pasaytiradi. Ogoh bo‘ling”, - deyiladi ma'lumotda.

Top