10:44 / 18.08.2020
12585
O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari soni 36 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 173 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani va jami kasallanish holatlari soni 36 ming 100taga haqida xabar berdi.

«Yangi kasallanish holatlarining 162 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 31 580 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 4 280 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 593 nafari og‘ir, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top