17:16 / 18.08.2020
12387
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 32 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda bugun hozircha 482 bemor koronavirusdan tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 32 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«Bugun ayni paytga qadar mamlakatimizning 7ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 482 nafari sog‘aydi.

Shunday qilib, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 32 062 nafarga, sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 88 foizga yetdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Tuzalganlar (+482)
Toshkent shahrida 324 nafar;
Toshkent viloyatida 87 nafar;
Samarqand viloyatida 34 nafar;
Buxoro viloyatida 20 nafar;
Surxondaryo viloyatida 8 nafar;
Andijon viloyatida 7 nafar;
Farg‘ona viloyatida 2 nafar.

Yangi holatlar (+425)
Bugun hozircha respublikaning 5 hududida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 425ta kasallanish holati aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 384 holat;
  • Samarqand viloyatida 26 holat;
  • Namangan viloyatida 9 holat;
  • Andijon viloyatida 4 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 2 holat.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun hozircha Toshkent shahrida 3, Toshkent viloyatida 1 o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra o‘limlar soni 242taga yetdi.

  • Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. (ayol);
  • Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak);
  • Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.Yu. (ayol);
  • Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol).

Hozirda mamlakatimizda 4 048 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top