09:10 / 18.08.2020
1460
O‘zbekistonda yanvar-iyul oylarida 48,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 48,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur'ati 2019 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 5,7 foizni tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi

Amalga oshirilgan qurilish ishlari mulkchilik shakli, davlat va nodavlat bo‘lgan korxona va tashkilotlar tarkibi bo‘yicha bo‘linadi. 

2020 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 39,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 mingtaga oshdi. 

Jami qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bu bino va inshootlar qurish ishlarining o‘tgan yilga nisbatan 11,0 foizga (jami qurilishdagi ulushi 58,0 foiz), fuqarolik obektlarini qurish 29,8 foizga (jami qurilishdagi ulushi 9,6 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining 30,5 foizga (jami qurilishdagi ulushi 32,4 foiz) o‘sishidir. 

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 13,3 trln so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2019 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 24,5 foizga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 4,1 foiz punktga ko‘payib, 27,3 foizni tashkil etdi. 

Top