08:00 / 18.08.2020
25391

«Qamchiq» dovonida avtomobil yo‘lining bir qismi cho‘kdi

Haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta bo‘lak ochiq qoldirilgan. 

Foto: yhxbb.uz

A-373 "Toshkent-O‘sh" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 229-kilometrida, "Toshkent-Vodiy" yo‘nalishida yo‘lning 50 metr qismi cho‘kdi.

Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu sababli ushbu masofada ikkita harakatlanish bo‘lagi yopilgan holda ta'mirlash va sozlash ishlari olib borilmoqda.

Haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta bo‘lak ochiq qoldirilgan. Ulardan o‘rnatilgan yo‘l belgilariga amal qilgan holda ehtiyotkor bo‘lib harakatlanish so‘ralgan.

Top