19:32 / 18.08.2020
39627
Texnikumlarga grant asosidagi qabul kvotalari tasdiqlandi

Ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 7 avgustdagi 2-son bayoniga asosan, yangi o‘quv yili uchun texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, 185ta texnikumga 9199 nafar o‘quvchi davlat buyurtmasi bo‘yicha (grant asosida) qabul qilinishi belgilangan.

Ma'lumot uchun, texnikumlarga kamida umumiy o‘rta ma'lumotga ega shaxslar o‘qishga qabul qilinadi, o‘qish ta'lim yo‘nalishining murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil davom etadi.

Ta'lim kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarda, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Texnikum bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Top