10:44 / 18.08.2020
6003
«Toshkent shahar suv ta'minoti»ga yangi rahbar tayinlandi

Maqsud Abbosxonov «Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Maqsud Abbosxonov 2004 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda Toshkent gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari sifatida boshlagan.

Top