15:38 / 18.08.2020
3530
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ: tuman elektr ta'minoti rahbarlariga 9ta Nexia 3 avtomashinasi topshirildi

Texnikalar, zarur vositalari xodimlarni ish unumdorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Ayniqsa, elektr energiyasi sohasida texniklar shayligi turli ko‘ngilsizliklarni oldini olishga yordam beradi. 

Bu borada «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ancha faollik bilan harakat qilmoqda. Jamiyat mutasaddilarining tashabbuslari bilan viloyat korxonalarida, yillar davomida eskirib qolgan texnikalar, yangi zamonaviy xizmat mashinalarga almashtirilmoqda.

Xususan, yaqindagina tumanlardagi avariyali ishlari bartaraf etish uchun tezkor dispetcherlik xizmati bo‘limlari ham AESKUENI tatbiq qilish va hisoblagichlar eksplantatsiyasi guruhlariga  15 ta Damas avtomashinalari topshirgan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ kuni kecha 9ta tuman elektr ta'minoti rahbarlariga so‘nggi rusumdagi Nexia 3 yengil avtomashinalarini topshirdi.

Bundan tashqari yaqinda xarid qilingan 50 tonna yukni bemalol ko‘taradigan «Kran» bugun jamiyatni kuch talab qiladigan ishlarida katta foyda keltirmoqda.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ kelgusida ishchi xodimlar uchun yanada yaxshiroq sharoit yaratib berish maqsadida, bir qancha tadbirlarni rejalashtirmoqda.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Top