17:00 / 18.08.2020
13697
Zamonaviy sifatli texnikalarni kafolat davri bilan xarid qiling!
Foto: UzXCMG

O‘zbekiston hududida melioratsiya, qurilish va qurilish-tarmoqlarida faoliyat olib boruvchi kompaniya va tadbirkorlar diqqatiga! Siz yuqori sifatli,mustahkam ekskavator, greyder, avtokran va boshqa zamonaviy texnikalar jamlanmasini “UzXCMG” MChJ qo‘shma korxonasida topishingiz mumkin. 2014 yildan buyon Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mazkur korxona “UzXCMG” tovar belgisi ostida barcha turdagi gidravlik ekskavator va buldozerlar hamda turli vazifalarga mo‘ljallangan qurilish texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

“UzXCMG” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan texnikalar bugungi kunda dunyoning ko‘zga ko‘ringan  kompaniyalarining dvigatellari va gidravlika tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, xalqaro standartlariga to‘liq javob beradi.

Qo‘shma korxonada yangi turdagi texnikalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  jumladan mamlakatimiz tog‘-kon ishlari karerlarda foydalanish uchun kovshasi katta hajmdagi 5.0 kubdan 20 kubgacha karer ekskavatorlari va og‘ir tog‘-kon sohasida ishlaydigan yuk ortish hajmi 60 tonnadan tortib 240 tonnagacha yuqori  hajmdagi avtosomasvallar, shuningdek, yuk ko‘tarish qobiliyati 30 tonnadan tortib 180 tonnagacha bo‘lgan avtokran texnikalarini aynan shu korxonadan topishingiz mumkin.

UzXCMG” MChJ qo‘shma korxonasi “Hamkorbank” ATB bank bilan hamkorlikda tadbirkorlarga ajoyib imkoniyatni taqdim etadi:

Endilikda maxsus texnikalarni muddatli to‘lov orqali xarid qilishingiz mumkin. Boshlang‘ich to‘lov – 0 foizdan 21 foizgacha bo‘lib, 3 yillik muddatda imtiyozli davr 6 oygacha beriladi. Siz muddatli to‘lov orqali ekskavatorlar, buldozerlar, teleskopik universal avtokranlar, greyderlar, katoklar, frontal va ekskavator yukortgichlarning egasi bo‘lishingiz mumkin.

Korxona o‘z faoliyatini boshlagan paytdan boshlab shu kunga qadar umumiy hisobda 1600 dan ortiq har xil turdagi texnikalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, bugungi kunda 50dan ortiq ishchi-xodim faoliyat yuritadi. Muhimi, bu yerdagi xodimlar Xitoy xalq respublikasida malakasini oshirib, soha bo‘yicha maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishgan. “UzXCMG” MChJ qo‘shma korxonasidan ushbu texnikalarni xarid qilsangiz 2 yilgacha kafolat davri beriladi va ushbu davr mobaynida tekin servis xizmat ko‘rsatiladi.

Agarda sizda ham turli xildagi sifatli va hamyonbop qurilish texnikalarini sotib olish istagi bo‘lsa, korxonaga tashrif buyuring yoki biz bilan bog‘laning. Hisob-kitob pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 1 uy

Telefon: +998956212191,  +998942303548, +998909795588

E-mail: uzxcmg@mail.ru

Reklama huquqi asosida

Top