11:51 / 19.08.2020
3824

6 oyda 859 nafar shaxs sud zalidan qamoqqa olingan

O‘zbekistonda “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 2020 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sharhi e'lon qilindi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yil 6 oyida ma'muriy sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib tamomlagan ish va materiallar soni 177 463 tani tashkil etdi (2019 yilda 205 118 ta ish va materiallar ko‘rib chiqilgan).

2020 yil 6 oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar soni 92 348 tani tashkil etdi (2019 yilda 91 744 ta ishlar ko‘rilgan).

2020 yil 6 oyida iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudlarga kelib tushgan ariza va da'vo arizalar soni 56 368 tani tashkil etdi (2019 yilda 111 034 ta).

Ko‘rilgan ishlar soni 2020 yil 6 oyida 51727 ta (2019 yilda 95 418ta) shundan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarni huquqiy himoya etishga oid ko‘rilgan ishlar 2020 yil 6 oyida - 14255 ta (2019 yilda 15643 ta).

Undirilishi belgilangan mablag‘ miqdori 2020 yil 6 oyida 2,9 trln. so‘m (2019 yilda 5,8 trln. so‘m) shundan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari foydasiga undirilishi belgilangan mablag‘ miqdori 2020 yil 6 oyida - 824,7 mlrd. so‘m (2019 yilda 623,8 mlrd. so‘m).

2020 yil 6 oyida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari soni 13 991 tani (17 251 nafar shaxsga) tashkil etdi (2019 yilda 14 269 ta ishlar ko‘rilgan (18 745 nafar shaxsga).

Birinchi instansiya sudlari tomonidan ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha shaxslar:

Hukm chiqarilgan ishlar bo‘yicha shaxslar soni

  • 2020 yil 6 oyida 13 366 nafar shaxsga;
  • 2019 yil 6 oyida 15 371 nafar shaxsga;

Ishlari tugatilgan shaxslar soni

  • 2020 yil 6 oyida 3783 nafar shaxsga;
  • 2019 yil 6 oyida 3311 nafar shaxsga;

Boshqalar

  • 2020 yil 6 oyida 102 nafar shaxsga;
  • 2019 yil 6 oyida 63 nafar shaxsga.

Sud zalidan qamoqqa olinganlar va ozod etilganlar:

  • Qamoqqa olinganlar soni 2020 yil 6 oyida 859 nafar shaxs (2019 yil 6 oyida 863 nafar shaxs);
  • Ozod etilganlar soni 2020 yil 6 oyida 1455 nafar shaxs (2019 yil 6 oyida 1595 nafar shaxs).

2020 yil 6 oyida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan yarashuv ishlarining ko‘rilishi soni 3404 tani (3565 nafar shaxsga) tashkil etdi (2019 yilda 2860 ta ishlar ko‘rilgan (3043 nafar shaxsga).

Mavzuga oid
Top