09:14 / 19.08.2020
6945

JSSTda ommaviy immunitet koronavirus pandemiyasini yengishda yordam bermasligi aytildi

Ommaviy immunitet koronavirus pandemiyasini yengishda yordam bermaydi. Bunday fikrni JSST vakili Maykl Rayan Jyenevadagi brifingda aytib o‘tdi, deb xabar berdi Star Tribune nashri.   

Foto: Global Look Press

“Sayyora aholisi koronavirus pandemiyasini yengish imkonini beradigan immunitet darajasidan hali ancha yiroq. Ommaviy immunitet – biz izlashimiz kerak bo‘lgan yechim emas”, deb aytgan Rayan.

Ta'kidlanishicha, ommaviy immunitetga odatda emlash yordamida erishiladi. Aksariyat olimlarning fikricha, infeksiya tarqalishi oldini olish uchun antitanalar aholining kamida 70 foizida bo‘lishi lozim. Biroq ba'zi mutaxassislarning ta'kidlashicha, aholining yarmi immunitetga ega bo‘lsa, bu epidemiyaning oldini olishda yaxshi samara berishi mumkin. O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, ayni vaqtda koronavirusga qarshi antitanalar faqatgina 10-20 foiz odamlardagina bor.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirus pandemiyasi ushbu infeksiya odamlar orasida oson yuqishi sababli yuzaga kelganini aytgan.

O‘tgan hafta Gebreyyesus virusdan kasallanayotganlar va vafot etayotganlar soni oshayotganiga qaramay, pandemiyaga qarshi kurashda umid uchqunlari ko‘rinayotganini ma'lum qilgan. JSST rahbarining fikricha, pandemiyaga qarshi samarali kurashishning ikkita elementi mavjud: davlatlar yetakchilari virusga qarshi kurashda o‘z harakatlarini faollashtirishlari, fuqarolar esa yangi choralarni qabul qilishlari lozim.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top