09:49 / 19.08.2020
18932
Ko‘chalarning isiriq yordamida «dezinfeksiya» qilinishi hazil bo‘lgan - Qo‘qon shahar hokimligi 

Qo‘qon shahar hokimligi yoki boshqa mutasaddilar tomonidan mazkur holat bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmagan

Qo‘qon shahri ko‘chalari isiriq yordamida "dezinfeksiya" qilingani xabar berilgandi. Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha izoh taqdim etdi.

Qo‘qon shahar “Toza hudud” DUK tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, korxona xodimlari shahar va shahar atrofidagi maishiy chiqindilarni yig‘ib olishlari davomida maishiy chiqindilar bilan birga olingan cho‘g‘langan isiriq qoldiqlarini o‘chirish maqsadida avtomashina harakatlanayotganda bir-biriga hazil qilib, o‘ynashib, o‘zlarini ko‘rsatish uchun isiriq to‘liq yonib tugaguncha yo‘l-yo‘lakay tutatib ketishgan. 

Ularning bu xatti-harakatlari shaharda olib borilayotgan koronavirusga qarshi dezinfeksiya ishlari bilan bog‘liq emas, deyiladi Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lumotida.

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahar hokimligi yoki boshqa mutasaddilar tomonidan mazkur holat bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmagan. 

Top